«Roma» yarimhimoyachisi Manu Kone faoliyatini «Chelsi»da davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Saymon Fillips xabariga ko‘ra, «Chelsi» qishki transfer oynasida Konega bo‘lgan qiziqishini qayta tiklashi mumkin. London klubi kelishuv doirasida o‘z vingeri Jeymi Bayno-Gittensni «Roma»ga berishni taklif qilishi ehtimoli bor.
«Chelsi» o‘tgan yozda 25 yoshli yarimhimoyachini transfer qila olmagandi. Biroq London klubi yanvar oyida yangi urinishni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Kone ushbu mavsumda Italiya chempionatining uchta bahsida maydonga tushdi, ammo samarali harakatlari bilan ajralib turmadi. Transfermarkt fransiyalik futbolchining narxini 50 million yevroga baholamoqda.