Bugun
27
O'zbek

Alaba faoliyatini Meksikada davom ettirishi mumkin

Futbol
10 sentabr, 06:33
«Real»ning sobiq himoyachisi Meksikaning «Amerika» klubi qiziqishlari doirasiga tushdi.
Alaba faoliyatini Meksikada davom ettirishi mumkin
Foto: Getty Images

Madridning «Real» klubining sobiq himoyachisi David Alaba faoliyatini Meksikada davom ettirishi mumkin.

Taniqli jurnalist Matteo Moretto xabariga ko‘ra, «Amerika» 34 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Biroq hozircha tomonlar o‘rtasida kelishuv yoki rasmiy muzokaralar mavjud emas.

Alaba 2021 yil yozidan buyon «Real» safida o‘ynadi. O‘tgan mavsumda avstriyalik futbolchi barcha turnirlarda 16 ta bahsda maydonga tushdi va samarali harakat amalga oshirmadi.

Mavsum yakunlangach, Alaba Madrid klubini erkin agent sifatida tark etdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • CF America CF America
Bugungi yangiliklar