Bugun
58
O'zbek

APL top klublari «Atletiko» futbolchisiga qiziqib qolgan

Futbol
8 sentabr, 10:03
Madridliklar himoyachisi Mark Pubil xizmatlariga Angliyada talab yuqori.
APL top klublari «Atletiko» futbolchisiga qiziqib qolgan
Foto: Gettyimages

Madridning-«Atletiko» klubi himoyachisi Mark Pubil xizmatlariga Angliya premer-ligasida talab yuqori. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali xabar berdi.

23 yoshli futbolchi «Liverpul», «Manchester Yunayted», «Arsenal» va «Chelsi» kuzatuvida bo‘lib turibdi. O‘z navbatida, «matraschilar» Pubilning ehtimoliy transferidan 55-60 million yevro ishlab olishni maqsad qilgan.

Ma’lumot uchun, La Liga yangi mavsumida himoyachi 3 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 marta sariq kartochkaga-loyiq ko‘rildi. Markning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Atletico Madrid Atletico Madrid
  • Arsenal Arsenal
  • Chelsi Chelsi
  • Liverpul Liverpul
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Yangi muhokama

Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring

Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar