Bu haqda klub matbuot xizmati rasmiy sahifasi orqali xabar berdi.
«Neftchi» himoya chizig‘ini Braziliya futbol maktabining vakili bilan kuchaytirdi!
Braziliyalik markaziy himoyachi Michel Augusto Modesto Rafael dos Santos yangi mavsumdan boshlab Farg‘ona klubi sharafini himoya qiladi.
23 yoshli Michel Augusto 2003-yil 20-may kuni Braziliyaning Avare shahrida tug‘ilgan. Bo‘yi — 1,90 metr. Markaziy himoyachi sifatida harakat qiladigan Michel jismoniy kuchi, ishonchli himoyasi va maydondagi xarakteri bilan-ajralib turadi.
Michel Braziliyaning eng mashhur futbol akademiyalaridan biri — «Palmeyras» tarbiyalanuvchisi.
U klub akademiyasidan boshlab asosiy jamoagacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi va «Palmeiras» safida Braziliya A Seriyasida maydonga tushdi.
Michel yoshlar darajasidanoq Braziliya terma jamoalari e’tiborida bo‘lgan.
🇧🇷🇺🇿 Braziliya terma jamoasi safida O‘zbekiston U-20 terma jamoasiga qarshi maydonga tushgan!
Bu esa Michelning xalqaro tajribasi va yuqori darajadagi futbol muhitida shakllanganini yana bir bor ko‘rsatadi.
Shuningdek, u 2023-yilda Michel Braziliya U-23 terma jamoasi bilan Panamerika o‘yinlarida ishtirok etib, chempionlikni qo‘lga kiritdi. Turnir davomida himoyachi 4 ta uchrashuvda maydonga tushdi», - deyiladi klub xabarida.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi