2026-yilning eng yaxshi yosh futbolchisi sovrini uchun 10 nafar-nomzod ma’lum bo‘ldi.
Nomzodlar ro‘yxatiga Kerim-Sem Alaybegovich («Red-Bull» Zalsburg/«Yuventus»), Ayyub Buaddi («Lill»/«Manchester Siti»), Pau Kubarsi («Barselona»), Yan Diomande («Leypsig»/«Real Madrid»), Lennart Karl («Bavariya»), Eli Krupi («Bornmut»), Lamin Yamal («Barselona»), Yohan Manzambi («Frayburg»/«Aston Villa»), Ibrohim Maza («Bayer») va Uorren Zair-Emeri («PSJ») kiritilgan.
Nomzodlar France Football jurnali marosimida e’lon qilindi. Nominatsiya g‘olibi 26-oktyabr, dushanba kuni bo‘lib o‘tadigan 2026-yilgi «Oltin to‘p»ni topshirish marosimida e’lon qilinadi. Tadbir Londonda bo‘lib o‘tadi. O‘tgan yil yakuniga ko‘ra, «PSJ» qanot hujumchisi Dezire Due eng yaxshi yosh futbolchi deb topildi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi