2026-yil yakunlari bo‘yicha eng yaxshi jamoa sovrini uchun beshta nomzod ma’lum bo‘ldi. Talabgorlar orasida Angliyaning «Arsenal», Fransiyaning «PSJ», Germaniyaning «Bavariya», Norvegiyaning «Budyo-Glimt» va Braziliyaning «Flamengo» klublari bor. Nomzodlar France Football jurnali marosimida e’lon qilindi.
E’tiborli jihati, Ispaniya chempioni «Barselona» mazkur mukofotga da’vogarlar qatoriga kiritilmadi. Italiyaning 2025/2026-yilgi mavsumdagi eng yaxshi jamoasi «Inter» ham nomzodlar ro‘yxatidan tushib qolgan.
Ma’lumot uchun, nominatsiya g‘olibi 26-oktyabr, dushanba kuni bo‘lib o‘tadigan 2026-yilgi «Oltin to‘p»ni topshirish marosimida e’lon qilinadi. Tadbir Londonda bo‘lib o‘tadi.

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi