Da’vogarlar ro‘yxatidan Londonning «Arsenal» klubi ustozi Mikel Arteta, Fransiyaning «PSJ» klubidan Luis Enrike, Angliyaning «Aston Villa»sidan Unai Emeri, Germaniyaning «Bavariya»sidan Vensan Kompani hamda Ispaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuentelar o‘rin oldi.
Ma’lumot uchun, nomzodlar France Football jurnali tomonidan uyushtirilgan marosimda e’lon qilindi.
Eslatib o‘tamiz, nominatsiya g‘olibi 26 oktyabr, dushanba kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan «Oltin to‘p–2026» taqdirlash marosimida e’lon qilinadi. Tadbir Londonda bo‘lib o‘tadi. O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, ushbu nominatsiyada g‘oliblik Luis Enrikega nasib qilgan edi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi