Britaniyalik jurnalist Pirs Morgan braziliyalik vinger Vinisius Juniorning Madridning «Real» klubidan Londonning «Arsenal» jamoasiga amalga oshmagan transferi haqida fikr bildirdi.
«To‘pchilar» qishda yangi hujumchi uchun bozorga chiqishga tayyorlar. Klubdagilar Vinisius transferi amalga oshishiga ishonishgandi. Uning xaridi shunchaki ajoyib transfer bo‘lardi. «Arsenal»dagilar futbolchi «Real» bilan yangi bitim imzolagunga qadar ham jamoa safiga qo‘shilishiga ishonib qolishgandi», - deya jurnalist so‘zlaridan iqtibos keltirdi Metro.
Ma’lumot uchun, Vinisius «qirollik klubi» bilan 2032 yil yozgacha mo‘ljallangan yangi bitim imzoladi.
Braziliyalikning transfer narxi 140 million yevroni tashkil qiladi.