Bugun
58
O'zbek

Bastonining nima uchun «Real»ga o‘tmagani sabablari ma’lum bo‘ldi

Futbol
8 sentabr, 03:35
    4
Mourinio yozgi transfer oynasida italiyalik himoyachini tarkibga qo‘shib olishni istagan.
Bastonining nima uchun «Real»ga o‘tmagani sabablari ma’lum bo‘ldi
Foto: Getty Images

«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinio yozgi transfer oynasida «Inter» markaziy himoyachisi Alessandro Bastonini tarkibga qo‘shib olishni istagan. Bu haqda Diario AS xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, milanliklar futbolchi uchun 70 million yevro talab qilgan. Bastonining o‘zi esa jamoani zudlik bilan tark etishni xohlamagan.

Biroq amalga oshmagan transferning asosiy sabablari sifatida Ibrohima Konatening klubga kelishi hamda Raul Asensioning «Real»da qolganligi ko‘rsatilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Ispaniya chempionatining 4-turidan so‘ng «qaymoqranglilar» 9 ochko bilan turnir jadvalining 3-pog‘onasida bormoqda. Peshqadam «Barselona» bilan farq 3 ochkoni tashkil etmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Inter Inter
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

4 izoh +2 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar