Bugun
6
O'zbek

Rasman: «Real» Konateni erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib oldi

Futbol
18 iyun, 05:47
Fransiyalik himoyachi Madrid klubi bilan 2030 yilgacha shartnoma imzoladi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Rasman: «Real» Konateni erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib oldi
Foto: Getty Images

Madridning «Real» klubi fransiyalik markaziy himoyachi Ibraima Konatening transferini rasman e’lon qildi.

Avval «Liverpul» safida to‘p tepgan futbolchi «qirollik klubi»ga erkin agent maqomida kelib qo‘shildi. Tomonlar o‘rtasida 2030 yilning iyun oyiga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolandi.

Konatening transferi Florentino Peresning prezidentlik saylovi oldidan bergan va’dalaridan biri bo‘lgani ta’kidlanmoqda. Peres 7 iyun kuni bo‘lib o‘tgan saylovda yana klub prezidenti etib qayta saylangandi.

Ayni paytda 27 yoshli futbolchi Fransiya milliy jamoasi bilan JCH-2026 musobaqasida ishtirok etmoqda.

Konate «Liverpul» safida Angliya Premyer-ligasi va Yevropa musobaqalarida ishonchli o‘yinlari bilan tanilgan. Madrid klubi uning tajribasi va jismoniy imkoniyatlari himoya chizig‘ini yanada kuchaytirishiga umid qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Real» o‘tgan mavsum La Ligada ikkinchi o‘rinni egallagan edi. Ispaniya chempioni esa «Barselona» bo‘ldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar