Bugun
58
O'zbek

Dembele «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogarlarni aytdi

Futbol
8 sentabr, 04:00
Usmon o‘zini hech qachon ro‘yxatga kiritmasligini ham qo‘shimcha qildi.
Dembele «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogarlarni aytdi
Foto: Getty Images

«PSJ» hujumchisi Usmon Dembele o‘tgan mavsum yakunlari bo‘yicha «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogarlar haqidagi fikrlarini bildirdi.

«Mening top-3 bo‘yicha tanlovim? Xvicha Kvaratsxeliya, juda yaxshi mavsum o‘tkazgan Harri Keyn va, menimcha, Kilian Mbappe. Menmi? Yo‘q, o‘zimni hech qachon ro‘yxatga kiritmayman.

Ro‘yxatda Maykl Olise ham bo‘lishi mumkin, chunki u ajoyib mavsum o‘tkazdi va Bundesliganing eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi.

Yamal, Ruiz, Pacho... Ularning barchasi «Oltin to‘p» uchun da’vogarlik qilishi mumkin», — dedi Dembele France Football nashriga bergan intervyusida.

Ma’lumot o‘rnida, «Oltin to‘p» topshirish marosimi 26 oktabrga belgilangan. Tadbir Londonda bo‘lib o‘tadi. France Football rasmiy saytida ham 2026 yilgi «Oltin to‘p» nomzodlari ro‘yxati 8 sentyabr kuni e’lon qilinishi ko‘rsatilgan.

Avvalroq Mane va Kinones «Oltin to‘p» uchun top-30 nomzodlar ro‘yxatidan joy olishi ma’lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
Bugungi yangiliklar