Live
7
O'zbek

Luis Enrike «PSJ»dagi yangi shartnomasi bo‘yicha mavsumiga 20 mln yevro ishlab topadi

Futbol
6 sentabr, 08:06
    10+
Ispaniyalik mutaxassisning parijliklar bilan yangi shartnomasi 2030-yilgacha mo‘ljallangan.
Luis Enrike «PSJ»dagi yangi shartnomasi bo‘yicha mavsumiga 20 mln yevro ishlab topadi
Foto: Getty Images

L’Équipe xabariga ko‘ra, «PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike yangi shartnoma asosida soliqlar va majburiy to‘lovlargacha mavsumiga 20 mln yevro maosh oladi.

Avvalgi shartnomasiga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassisning mavsumlik maoshi 12 mln yevroni tashkil etgan. Parij klubi Enrikening yangi maoshi uning jamoa bosh murabbiyi sifatidagi maqomiga mos keladi, deb hisoblamoqda. Klub prezidenti Nosir Al Xilayfiy esa uni «dunyodagi eng yaxshi murabbiy» deb atagan.

Eslatib o'tamiz, «PSJ» 4-sentabr kuni Enrike bilan shartnoma 2030-yilgacha uzaytirilganini e’lon qilgandi. Mutaxassis 2023-yil yozidan buyon Parij klubini boshqarib kelmoqda.

Ma'lumot uchun, Enrike qo‘l ostida «PSJ» ikki marta Chempionlar ligasi, uch marta Fransiya chempionligi, ikki marta Fransiya kubogi, shuningdek, UEFA va mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar