Live
33
O'zbek

Roten Xvichani «Oltin to‘p»ning asosiy da’vogari deb atadi

Futbol
5 sentabr, 08:36
Sobiq futbolchi gruziyalik vingerning iqtidorini, statistikasi va muhim bahslardagi o‘yinini yuqori baholadi.
Roten Xvichani «Oltin to‘p»ning asosiy da’vogari deb atadi
Foto: Getty Images

«PSJ» sobiq futbolchisi Jerom Roten Xvicha Kvaratsxeliyani «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogar deb hisoblashini bildirdi. Bu haqda u RMC telekanalidagi Rothen s’enflamme dasturida gapirdi.

«Kvarada daholik bor va u jamoasiga g‘alabalar keltirmoqda. Bundan tashqari, u muhim bahslarda g‘alaba qozonishga yordam beradi, gol va golli uzatmalar borasidagi statistikasi esa aql bovar qilmas darajada», — dedi Roten.

Rotenning fikricha, futbolchining iqtidorini ham hisobga olish kerak. U Kvaratsxeliya va Fabian Ruisni bir darajada baholashga qarshi ekanini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, Kvaratsxeliya o‘tgan mavsum Chempionlar ligasida 16 ta bahsda 10 ta gol va 6 ta golli uzatma qayd etdi. Liga 1 doirasidagi 28 ta bahsda esa 12 ta samarali harakat amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
Bugungi yangiliklar