“PSJ” hujumchisi Ferran Torres “Barselona”dan Parij klubiga oʻtish qarorini qabul qilishida jamoa bosh murabbiyi Luis Enrikening roli haqida gapirdi.
— Parijdagi soʻnggi bir necha hafta qanday oʻtdi va “PSJ”ga oʻtish qaroringizda Luis Enrike qay darajada muhim rol oʻynadi?
— Hammasi juda yaxshi ketyapti. Hali ham jamoadoshlarimga moslashyapman. Luis Enrike ham, klubning strategik maslahatchisi Luish Kampush ham qarorimda juda muhim rol oʻynashdi. Menga bildirgan ishonchlari uchun ulardan juda minnatdorman.
— Enrike bilan munosabatlaringizni qanday taʼriflagan boʻlardingiz?
— Men har doim aytib kelganman: Ispaniya milliy jamoasida oʻynay boshlaganimdan beri Enrike men uchun xuddi otamdek. U doimo menga ishongan. U menga shu qadar ishondiki, “PSJ”ga taklif qildi. U har doim menga ishonch bagʻishlab kelgan. Unga bu mavsumda oʻz minnatdorchiligimni amalda koʻrsatishga umid qilaman, — deya Ferranning soʻzlarini keltiradi AS.
Ferran “PSJ”ga oʻtish qarori haqida: “Enrike men uchun xuddi otamdek”
Futbol
4 sentabr, 05:12
10+
Ispaniyalik hujumchi yozda “Barselona”ni tark etib, Parij klubi safiga qoʻshildi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi