Fransiya chempionatining 3-turini ochib bergan oʻyinda “Lill” “Tuluza” ustidan minimal hisobda gʻalaba qozondi.
Ikki kun avval fransuzlar safiga qoʻshilgan yaponiyalik hujumchi Ueda debyutidayoq zaxiradan tushib, gʻalaba golini urdi.
Anchelotti jamoasi ochkolarini 7 taga yetkazib, hozircha peshqadamga aylandi. “Tuluza” 1 ochko bilan 16-pogʻonada qoldi.
Liga 1. 3-tur
Tuluza — Lill 0:1
3 sentyabr, “Stadium de Toulouse”
Gol: Ueda (73).
Tuluza — Rest (Niflor, 71), Messali (Diallo, 66), Makkenzi, Nikolaysen, Tare, Kasseras, Vossah (Shmidt, 72), Idalgo (Vignolo, 57), Yorgensen, Azizi, Rassel-Rou (Tengstedt, 65).
Lill — Oʻzer, Santos, Ngoy, Aleksandro, Verdonk (Perro, 46), Andre, Bintolib (Unal, 71), Mbappe (Mukau, 57), Haraldsson, Sahraui (Bakva, 46), Jiru (Ueda, 57).
Ogohlantirish: Idalgo (20),
Liga 1. Yaponiyalik hujumchining goli “Lill”ni peshqadamga aylantirdi
Futbol
3 sentabr, 16:46
2
2 kun avval transfer qilingan Ueda debyutidayoq Anchelotti jamoasiga 3 ochko keltirdi.
Foto: LOSC
03.09.2026
FT
Liga 1 Fransiya
Toulouse
0
:
1
Lille
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi