Bugun
36
O'zbek

Enrike Barkolyaning «PSJ»dan ketishi haqida: «Bundan hamma yutadi, deb o‘ylayman»

Futbol
3 sentabr, 10:30
«PSJ» bosh murabbiyi hujumchining jamoani tark etishi barcha tomonlar uchun yaxshi qaror bo‘lganini aytdi.
Enrike Barkolyaning «PSJ»dan ketishi haqida: «Bundan hamma yutadi, deb o‘ylayman»
Foto: Getty Images

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike Bredli Barkolyaning «Liverpul»ga o‘tishi haqida fikr bildirdi.

23 yoshli Fransiya milliy jamoasi vingeri yozgi transfer oynasida 125+20 million yevro evaziga «Liverpul»ga o‘tdi.

«Bundan hamma yutadi, deb o‘ylayman. U ketishni xohladi, chunki jamoada muhimroq rolga ega bo‘lishni istadi. Buning uchun esa mashg‘ulotlarda o‘zini ko‘rsatish kerak, men esa buni hech kimga va’da qila olmayman.

U juda muhim futbolchi, ajoyib inson edi va jamoadoshlari uni yaxshi ko‘rardi. Uning shartnomasida yana ikki yil bor edi, ammo u ketishga qaror qildi. Men unga eng yaxshi tilaklarni bildiraman. Biz buni qabul qilishimiz kerak. Kelajakda klub uchun juda muhim bo‘lgan futbolchilar ketishi tabiiy holat. Ammo hayot shunday», — dedi Enrike «Monako»ga qarshi bahs oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Liverpul Liverpul
Bugungi yangiliklar