Turkiya Superligasi 4-turida «Bashakshehir» o‘z maydonida «Galatasaroy»ga qarshi bellashdi. Gollarga boy kechgan qarama-qarshilik 3:2 hisobida mehmonlar muvaffaqiyat qozondi.
«Bashakshehir» 79-daqiqadan boshlab, maydonda bir kishi kam bo‘lib qoldi. Eldor Shomurodov Abbosbek Fayzullayev ishlagan penaltini aniq amalga oshirib, chempionatdagi 4-golini urishga muvaffaq bo‘ldi.
Bu bellashuvda Shomurodov maydonda to‘liq 90 daqiqa o‘ynadi. Abbosbek esa 74-daqiqada zaxiraga olindi.
Shunday qilib, «Istanbul» klubi 4 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda. «Galatasaroy» esa 10 ochko to‘plab, peshqadamlik qilmoqda.
Turkiya Superligasi. 4-tur
Bashakshehir – Galatasaroy 2:3
Gollar: Shomurodov 66 penalti, Sanches 76 avtogol – Osimhen 16, Torreyra 71, Sara 90.
Bashakshehir – Deniz, O‘mer Ali, Emin, Opoku, Operi, Kaluzinski, Gunesh, Olsen (Ba, 83), Kerem, Fayzullayev (Brnich, 74), Shomurodov.
Galatsaroy – Chaqir, Sallai, Sanches, Lemina (Bardakchi, 46), Yakobs, Torreyra, Sara, Oygun, Batrakov (Leau, 68), Sane, Osimhen (Yilmaz, 33).
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi