Bugun
36
O'zbek

Liga 1. «PSJ» Parijda «Monako»ga mag‘lub bo‘ldi

Futbol
4 sentabr, 17:15
    30+
Luis Enrike jamoasi qatorasiga 3-o‘yinda g‘alaba qozona olmadi. Monegasklar esa turnir jadvalida peshqadam.
Liga 1. «PSJ» Parijda «Monako»ga mag‘lub bo‘ldi
Фото: Getty Images

Fransiya chempionatining 3-turida «PSJ» o‘z maydonida «Monako»ga qarshi bellashdi. Unda monegasklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Dastlab Markinos 31-daqiqada hisobni ochdi. 58-daqiqda Nazinyu muvozanatni tikladi. 72-daqiqada Idumbo mehmonlar safida g‘alaba goliga mualliflik qildi.

Natijada Parij jamoasi 2 ochkor bilan 12-o‘rinda bormoqda. «Monako» 9 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

Fransiya chempionati. 3-tur
PSJ – Monako 1:2
Gollar:
Markinos 31 – Nazinyu 58, Idumbo 72
PSJ – Safonov, Markinos, Pacho, Zair-Emeri (Ernandes, 63), Hakimiy, Joau Nevesh, Fabian Ruis (Fernandes, 76), Vitinya, Akliush (Dembele, 68), Kvarasxeliya (Godts, 68), Due (Ferran Torres, 63).
Monako –
Gradeski, Erik Dayer, Sane, Nazinyu, Vanderson (Teze, 52), Zakariya, Kamara, Golovin (Mavissa, 87), Idumbo (Benzaxra, 87), Kulibali (Subeyr, 73), Brunner (Ablen, 73).
Ogohlantirishlar:
Ernandes (68) — Teze (68).

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

30+ izoh +3 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar