Bugun
215
O'zbek

Ro‘ziboyev: «Xudo xohlasa, chiroyli g‘alaba bilan sizlarni xursand qilishga harakat qilaman»

MMA
5 sentabr, 01:05
Nursulton Maykl Peyjga qarshi jangdan oldin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Ro‘ziboyev: «Xudo xohlasa, chiroyli g‘alaba bilan sizlarni xursand qilishga harakat qilaman»
Foto: Getty Images

UFCdagi o‘zbekistonlik jangchi Nursulton Ro‘ziboyev Maykl Peyjga qarshi to‘qnashuvdan oldin o‘z fikrlarini bildirdi. Bugun, 5 sentyabr kuni Parijda o‘tkaziladigan UFC Fight Night 287 turniri doirasida ular o‘rta vazn toifasida jang qiladi.

«To‘g‘ri, oxirgi jangimdan keyin o‘zim shu reytingda top-15 dan jangchi so‘ragan edim. UFC darhol Maykl Peyj bilan jangni tashkil qildi.

Bundan xursandman. Nasib qilsa, yaxshi jang ko‘rsatishga harakat qilaman. Peyjni oldin «Bellator»da urushganidan beri janglarini ko‘raman.

U joyida turmaydi, noqulay «stoyka»si bor. Adashmasam, bir yil oldin O‘zbekistonda Maykl bilan jang o‘tkazish ehtimoli haqida so‘ragandi. O‘zim ham qiziqish bildirgandim.

Mana, oradan bir yarim yil vaqt o‘tib, u bilan jang qilyapman. Xudo xohlasa, shunga yarasha tayyorlandim. Menimcha, yaxshi jang bo‘ladi.

Xudo xohlasa, chiroyli g‘alaba bilan sizlarni xursand qilishga harakat qilaman», — dedi Ro‘ziboyev.

Bugungi yangiliklar