«Manchester Yunayted» sobiq futbolchisi Antoni Marsial APLga qaytishi mumkin. Bu haqda derbyderbyderby.it xabar berdi.
Fransiyalik futbolchining yangi jamoasi Angliyaning «Everton» klubi bo‘lishi kutilmoqda. Klub rahbariyati 30 yoshli hujumchining erkin agent maqomida ekaniga qiziqish bildirmoqda.
Qayd etilishicha, tomonlar hozirda faol muzokara olib bormoqda. Biroq hozircha yakuniy qaror qabul qilinmagan.
«Manchester Yunayted» bilan 2024 yilda xayrlashganidan keyin faoliyati pasayishda davom etayotgan Marsial uchun «Everton»ga o‘tish o‘zini qayta tiklash imkoniyati bo‘lishi mumkin.
Bungacha «Everton» Dele Allining ham faoliyatini qayta jonlantirishga uringandi. Biroq bu tajriba muvaffaqiyatsiz yakunlangan.
Avvalroq «Everton» Jek Grilishni yana o‘z safiga qo‘shib olgani ma’lum qilingandi.