Bugun
11
O'zbek

«Chelsi» Garnerni sotib olishga uringan

Futbol
3 sentabr, 07:00
London klubi transfer oynasi yopilishidan avval 25 yoshli yarimhimoyachi uchun taklif yuborgan.
«Chelsi» Garnerni sotib olishga uringan
Foto: Getty Images

«Everton» yarimhimoyachisi Jeyms Garner Londonning «Chelsi» klubiga qiziq bo‘lgan. Bu haqda talkSPORT xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «Chelsi» transfer oynasi yopilishidan avval 25 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga uringan. London klubi Garner uchun 75,4 million yevro to‘lashga tayyor bo‘lgan. Biroq «Everton» transfer oynasi yopilishiga oz vaqt qolganida bunday takliflarni ko‘rib chiqishdan bosh tortgan.

«Everton» Garnerni 2022 yilda «Manchester Yunayted»dan 10 million yevrodan ko‘proq evaziga sotib olgan. Yarimhimoyachi ushbu mavsumda uchta bahsda maydonga tushdi, biroq samarali harakat qayd etmadi.

Garnerning «Everton» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Everton Everton
Bugungi yangiliklar