Bugun
11
O'zbek

Jeko Bosniya va Hersegovina milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlaydi

Futbol
3 sentabr, 05:57
    1
40 yoshli hujumchi milliy jamoadagi so‘nggi bahsini 2 oktyabr kuni Shvetsiyaga qarshi o‘tkazishini ma’lum qildi.
Jeko Bosniya va Hersegovina milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlaydi
Foto: Getty Images

Bosniya va Hersegovina milliy jamoasi hujumchisi Edin Jeko milliy jamoadagi faoliyatini yakunlashini e’lon qildi. Bu haqda u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozdi.

Jekoning so‘zlariga ko‘ra, 2 oktyabr kuni Millatlar ligasi doirasida Shvetsiyaga qarshi bahs uning milliy jamoadagi so‘nggi o‘yini bo‘ladi.

«2 oktyabr kuni Shvetsiyaga qarshi bahsda milliy jamoamiz safidagi navbatdagi va so‘nggi o‘yinimni o‘tkazaman. Faoliyatimda bu futbolkani har safar kiyganimda his qilgan faxrim bilan tenglasha oladigan hech narsa bo‘lmagan», — deb yozdi Jeko.

Ma'lumot uchun, 40 yoshli hujumchi Bosniya va Hersegovina milliy jamoasi safida qariyb 20 yil davomida 151 ta bahsda maydonga tushgan.

Jeko 2014 yilgi jahon chempionatida Bosniya va Hersegovinaning ilk bor ishtirok etganini faoliyatidagi eng baxtli lahzalardan biri sifatida tilga oldi. Shuningdek, Uels darvozasiga urgan goli va mart oyida Italiyaga qarshi bahsdagi voqealarni ham esladi.

«Milliy jamoada o‘ynash men uchun futboldagi eng hissiyotli voqea bo‘ldi. Endi chetga chiqish vaqti kelganini his qilyapman», — dedi Jeko.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bosniya va Gersegovina Bosniya va Gersegovina
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

1 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar