«Tottenhem» bosh murabbiyi Roberto De Zerbi Tosin Adarabioyoning «Chelsi»dan transferini ijobiy baholadi.
«Tosin kuchli va atletik himoyachi. U o‘ziga ishongan holda o‘ynaydi hamda yuqori saviyadagi futbolchilardan talab qilinadigan vazifalarni yaxshi tushunadi. Uning mentaliteti va biz qurayotgan jamoaning bir qismi bo‘lish istagi ham menda katta taassurot qoldirdi.
Ushbu klub safida o‘ynaganda qanday mas’uliyatni zimmasiga olishini biladi. Tosin biz bilan ekanidan juda xursandmiz. Ishonamanki, muxlislarimiz tez orada uning jamoaga qo‘sha oladigan fazilatlarini ko‘rishadi», — deya De Zerbining so‘zlarini «Tottenhem» rasmiy sayti keltirdi.