Live
10
O'zbek

Mudrik «Tottenhem»da o‘ziga raqam tanladi

Futbol
2 sentabr, 05:36
    5
Yarimhimoyachi yangi jamoasida nechanchi raqam ostida harakat qilishi ma’lum.
Mudrik «Tottenhem»da o‘ziga raqam tanladi
Foto: Gettyimages

Londonning «Chelsi» jamoasidan «Tottenhem» klubiga o‘tgan Mixailo Mudrik o‘ziga yangi raqam tanladi.

Klub matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yarimhimoyachi 27-raqam ostida to‘p tepadi. Eslatib o‘tamiz, londonliklar Mudrikni mavsum oxirigacha ijaraga olgan va 87 million yevro evaziga sotib olish huquqiga ega.

Organizmida taqiqlangan moddalar aniqlangani tufayli diskvalifikatsiya qilingan Mixailo deyarli ikki yil maydondan chetda qoldi.

Ma’lumot uchun, «Chelsi» safida futbolchi 73 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 11 ta golli uzatma yetkazib berdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Tottenhem Tottenhem
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar