«Manchester Siti» texnik direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Ugu Viana argentinalik yulduz yarimhimoyachi Enso Fernandesning transferi haqida fikr bildirdi.
«Klubimiz doimo jahon darajasidagi futbolchilar bilan shartnoma imzolashni istaydi. Fernandes bu maqomga to‘la mos keladi. Enso — yarimhimoya uchun ideal o‘yinchi. Uning endi bizning jamoamizda ekanidan juda mamnunmiz. Fernandes «Manchester Siti»ni kuchaytiradi», — deya funksionerning so‘zlaridan iqtibos keltiradi «shaharliklar» klubi matbuot xizmati.
Avvalroq 25 yoshli yarim himoyachi «shaharliklar» bilan 2031-yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan uzoq muddatli mehnat shartnomasini imzolagani e’lon qilingandi.