Bugun
22
O'zbek

«Fiorentina», «Trabzonspor» va «Al Ittihod» Brozovichni tekinga olmoqchi

Futbol
2 sentabr, 04:00
Marselo Brozovichga uchta klub qiziqish bildirmoqda. Xorvatiyalik futbolchi hozir erkin agent hisoblanadi.
«Fiorentina», «Trabzonspor» va «Al Ittihod» Brozovichni tekinga olmoqchi
Foto: Getty Images

Italiyaning «Inter» va Saudiya Arabistonining «An Nasr» klublarida o‘ynagan 33 yoshli yarimhimoyachi Marselo Brozovich faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma’lumotiga ko‘ra, Brozovichga «Fiorentina», «Trabzonspor» va «Al Ittihod» klublari qiziqish bildirmoqda.

Brozovich so‘nggi uch mavsumni «An Nasr» safida o‘tkazdi. U Saudiya klubi tarkibida jami 124 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 23 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, tajribali yarim himoyachining bozor qiymati 8 mln yevroga baholanmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Al Nassr Al Nassr
  • Al-Ittihad Al-Ittihad
  • Trabzonspor Trabzonspor
  • Fiorentina Fiorentina
Bugungi yangiliklar