Londonning «Tottenhem» klubi bosh murabbiyi Roberto De Zerbi yarimhimoyachi Mixailo Mudrikning «Chelsi»dan ijaraga olingani haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Murabbiy va futbolchi 2021 - 2022-yillar oralig‘ida «Shaxtyor»da birga ishlagan edi.
«Misha bilan uning faoliyatining ilk davrlarida birga ishlaganmiz, u jamoamizga foyda keltirishiga ishonaman. Tezligi va birga-bir holatlarda qabul qiladigan qarorlari tufayli u o‘yin taqdirini o‘zgartira oladi — butkul o‘zgacha iqtidor sohibi.
Mishadan juda ko‘p narsa talab qilaman. U o‘z salohiyatini ko‘rsata olishi uchun imkon yaratib berish esa bizning vazifa. Agar buni uddalay olsak, u jamoa uchun muhim figuraga aylana oladi. U aynan bizni tanlaganidan juda ham mamnunman va yana u bilan birga ishlashni intizorlik bilan kutyapman», — deya De Zerbi so‘zlaridan iqtibos keltiradi klub matbuot xizmati.