The Athletic nashrining xabar berishicha, AQSH milliy jamoasi hujumchisi Folarin Balogunning «Monako»dan «Everton»ga o‘tishi tibbiy ko‘rikdan so‘ng barbod bo‘lgan.
Manbaga ko‘ra, tomonlar seshanba kuni 25 yoshli amerikalik futbolchining transferi borasida kelishuvga erishgan, biroq tibbiy ko‘rik vaqtida muammolar yuzaga kelgan. Natijada ingliz klubi kelishuv shartlarini qayta ko‘rib chiqib, muzokaralarni davom ettirgan, ammo yakunda futbolchining o‘zi bu transferdan voz kechishga qaror qilgan.
O‘tgan mavsumda Balogun barcha musobaqalarda 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. JCH–2026da esa 4 ta o‘yinda 3 ta gol urib, 1 golli uzatmaga mualliflik qildi. Balogunning klub bilan shartnomasi 2028-yilgacha mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Monako» klubi yarimhimoyachisi Lamin Kamaraning «Chelsi»ga o‘tishiga to‘sqinlik qilgani ma’lum bo‘lgandi.