«Chelsi» «Monako» yarimhimoyachisi Lamine Kamara transferi bo‘yicha 45 mln yevro miqdoridagi rasmiy taklif yubordi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
«Monako» mazkur taklifni futbolchining transferi uchun yetarli emas, deb hisoblamoqda. Shunga qaramay, tomonlar muzokaralarni davom ettirmoqda.
22 yoshli Kamaraning o‘zi esa «Chelsi»ga o‘tishga qiziqish bildirmoqda. London klubi uning transferini ayniqsa Enso Fernandes «Manchester Siti»ga ketgan taqdirda muhim variant sifatida ko‘rmoqda.
«Chelsi»ning dastlabki taklifi rad etilishi kutilayotgan bo‘lsa-da, muzokaralar davom etmoqda va London klubi taklifni yaxshilashi mumkin. «Monako» futbolchini taxminan 60 mln yevro atrofida baholayotgani haqida ma’lumotlar bor.