«Lechche» markaziy himoyachisi Tiagu Gabriel faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin.
«Milan» va «Fulhem» «Lechche» markaziy himoyachisi Tiagu Gabrielga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda TransferFeed xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «Lechche» 21 yoshli portugaliyalik futbolchi uchun kamida 25 mln yevro talab qilmoqda. Italiyalik klub avvalroq himoyachi uchun 20 mln yevro taklif qilgan, biroq bu taklif rad etilgan.
Tomonlar o‘rtasida bugun yangi aloqalar bo‘lishi kutilmoqda.
Gabriel joriy mavsumda barcha turnirlarda 3 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta gol urdi. Uning «Lechche» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan.