Bugun
11
O'zbek

«Sanderlend» hujumchi bilan shartnoma imzoladi

Futbol
3 sentabr, 04:50
18 yoshli ekvadorlik hujumchi Xuan Angulo «Independiente del Valye»dan «Sanderlend»ga o‘tdi.
«Sanderlend» hujumchi bilan shartnoma imzoladi
Foto: Getty Images

«Independiente del Valye» hujumchisi Xuan Angulo faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettiradi. 18 yoshli ekvadorlik futbolchi «Sanderlend» safiga qo‘shildi.

Klublar uzoq muddatli shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishdi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, transfer qiymati €5,85 mlnni tashkil qilgan. Angulo «Sanderlend» bilan 2031-yil yozigacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.

Angulo ushbu mavsum Ekvador chempionatida 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

APLning ikki turidan so‘ng «Sanderlend» 3 ochko bilan turnir jadvalining 11-o‘rnida bormoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Sanderlend Sanderlend
Bugungi yangiliklar