«Tottenhem» himoyachisi Kevin Danso faoliyatini APLning boshqa bir klubi «Sanderlend»da davom ettiradi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.
Futbolchining ijara bo‘yicha transferi yakunlangan. Shartnomada Dansoni sotib olish majburiyati ham ko‘zda tutilgan. Transferning umumiy qiymati taxminan 25 million funtni tashkil etadi.
Bugun, 1 sentyabr kuni avstriyalik himoyachi «qora mushuklar» uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
Ma’lumot o‘rnida, 27 yoshli Danso o‘tgan mavsum APLda 24 ta uchrashuv o‘tkazib, 8 ta sariq kartochka olgan. Chempionatning ikki turidan so‘ng «Sanderlend» 11-o‘rinda, «Tottenhem» esa 19-pog‘onada bormoqda.
Avvalroq de Zerbi «taqachilar»ni tark etmoqchi bo‘lgan futbolchilar haqida ma’lumot bergandi.