Bugun
15
O'zbek

Chimayev: «Men tayyorman, siz qachon tayyor bo‘lishingizni ayting»

MMA
1 sentabr, 03:55
UFCning o‘rta vazn toifasidagi sobiq chempioni keyingi jangini o‘tkazishga tayyor ekanini aytdi.
Chimayev: «Men tayyorman, siz qachon tayyor bo‘lishingizni ayting»
Foto: Getty Images

UFCning o‘rta vazn toifasidagi sobiq chempioni Hamzat Chimayev keyingi jangini o‘tkazishga tayyor ekanini aytdi va ehtimoliy raqiblarini sanadi.

«Men tayyorman, siz qachon tayyor bo‘lishingizni ayting. Shon Striklend, Drikus dyu Plessi, Nassurdin Imavov, Kayо Borralyo… Kim raqib bo‘lishining farqi yo‘q», — deb yozdi Chimayev ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Ma’lumot o‘rnida, Chimayev so‘nggi jangini 10 may kuni o‘tkazib, Shon Striklendga hakamlarning qarori bilan mag‘lub bo‘lgan va o‘rta vazn toifasidagi chempionlik kamaridan ayrilgandi.

Bugungi yangiliklar