«Arsenal» bosh murabbiyi APL 2-turida «Aston Villa» ustidan qozonilgan 1:0 hisobidagi g‘alaba haqida fikr bildirdi.
«O‘tgan mavsumda bu stadionda 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgandik. Hozir bir qadam oldinga tashlaganimizni his qilish qanchalik muhim?
Men bu haqda futbolchilar bilan gaplashdim. Futbolchilar maydonda yotib, mutlaqo hafsalasi pir bo‘lgan holatni boshdan kechirish juda og‘ir edi.
Shuning uchun biz bu vaziyatdan futbolchilarga qo‘shimcha energiya va ishonch berish, ayniqsa o‘tgan mavsumni muvaffaqiyatli o‘tkazgan va bir necha kun avval juda yirik hisobda mag‘lub bo‘lgan («Brayton»dan 0:4) jamoaga qarshi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rish uchun foydalandik.
Raqibdan javob bo‘lishini kutgandik. Bu murakkab stadion va ular undan maksimal darajada foydalanishadi.
O‘yinda qiynalishimiz kerak bo‘lgan paytda qiynaldik. Dominantlik qilish kerak bo‘lganida esa dominantlik qildik. Shuning uchun men mamnunman», — dedi Mikel Arteta.