Bugun
15
O'zbek

Mark Giu «Leyptsig» futbolchisiga aylandi

Futbol
1 sentabr, 05:15
Hujumchi «buqalar» bilan 2031 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
Mark Giu «Leyptsig» futbolchisiga aylandi
Foto: RB Leipzig

Ispaniyalik hujumchi Mark Giu «Chelsi»dan «Leyptsig»ga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda Bundesliga klubi matbuot xizmati xabar berdi.

20 yoshli Giu «buqalar» bilan 2031 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Yangi jamoasida forvard 9-raqam ostida to‘p tepadi. Qayd etilishicha, Germaniya klubi Guiu transferi uchun 17 million yevro to‘laydi.

«Leyptsig»ga o‘tish men uchun to‘g‘ri qaror. Bu klubda yosh futbolchilar rivojlanadi. Shu bilan birga, jamoa o‘z oldiga eng yuqori maqsadlarni qo‘yadigan klub», — dedi Giu klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

Avvalroq Nkunku «Leyptsig»ga qaytgani ma’lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Leypsig Leypsig
  • Chelsi Chelsi
Bugungi yangiliklar