Bugun
15
O'zbek

Jezus: «Barsa»da sovrinlar yutishni xohlayman»

Futbol
1 sentabr, 03:30
Shuningdek, futbolchi tizzasi juda yaxshi holatda ekanini ham aytdi.
Jezus: «Barsa»da sovrinlar yutishni xohlayman»
Foto: Getty Images

«Barselona»ga «Arsenal»dan ko‘chib o‘tayotgan hujumchi Gabriel Jezus tizzasi juda yaxshi holatda ekanini aytdi.

Kecha, 31 avgust kuni braziliyalik futbolchi transferni yakunlash uchun Barselonaga yetib keldi. Bungacha kataloniyaliklar Jezusni 10+4 million yevro evaziga xarid qilishi ma’lum qilingandi.

Jezus aeroportda jurnalistlarga: «Men baxtliman. Tizzam juda yaxshi holatda. «Barselona»da sovrinlar qo‘lga kiritishni xohlayman», — dedi.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yil qishda Jezus chap tizzasining old xochsimon payidan jarohat olgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar