Dortmundning «Borussiya» klubi Jeydon Sanchoni yana o‘z safiga qo‘shib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda BILD xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, agar «Borussiya D» Sanchoni jamoaga qaytarishga qaror qilsa, futbolchi transfer uchun beriladigan puldan voz kechishi va maoshining katta qismi qisqarishiga rozi bo‘lishi kerak.
Shuningdek, dortmundliklar Sanchoning jismoniy holatidan xavotirda. Shu sababli, futbolchi bo‘yicha hozircha yakuniy qaror qabul qilinmagan.
Ma’lumot o‘rnida, 26 yoshli angliyalik futbolchi o‘tgan yozda «Manchester Yunayted»ni tark etgan va hozirda erkin agent hisoblanadi. Avvalroq Jeydon «Roma» taklifini rad etgani ma’lum qilingandi.