"Manchester United" vingeri Jeydon Sancho "Roma" taklifini rad etdi. Bu haqda jurnalist Janluka di Marzio xabar berdi.
Futbolchi hozirda Chempionlar Ligasida qatnashuvchi klub safiga ko‘chib o‘tishni istamoqda. O‘z navbatida, rimliklar ham Sancho o‘rniga boshqa variantlar qidirishni boshlab yuborgan.
"Roma" rahbariyati uchun Jeydondan keyingi ideal nomzod sifatida "Chelsea"ning 19 yoshli futbolchisi Tayrik Jorj nomi tilga olinmoqda. Futbolchi ham Italiya klubiga o‘tishga rozi, ammo u ijara asosida transfer qilinishini xohlamayapti.
Avvalroq "Roma" va "Vilyarreal" Dovbikning ijarasi borasida kelisha olmagani ma'lum qilingandi.