Bugun
15
O'zbek

"Roma" va "Vilyarreal" Dovbikning ijarasi borasida kelisha olmadi

Futbol
26 avgust, 07:50
Futbolchi ham La Liga klubiga o‘tishni xohlamagan.
"Roma" va "Vilyarreal" Dovbikning ijarasi borasida kelisha olmadi
Фото: Getty Images

"Roma" va "Vilyarreal"ning Artyom Dovbik borasidagi muzokaralari to‘xtab qoldi. Bu haqda jurnalist Matteo Moretto xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, tomonlar 28 yoshli ukrainalik futbolchining ijarasi borasida muzokara o‘tkazayotgan edi. Biroq kelishuv amalga oshmasligi mumkin.

Qayd etilishicha, ikki jamoa o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan. Natijada Dovbik "Vilyarreal"ga o‘tishi haqiqatdan ancha yiroqlashgan.

Shuningdek, futbolchining o‘zi ham buni taklifga rozi bo‘lmagan. Unga "Napoli" va "Milan" jamoalari ham qiziqish bildirmoqda.

Dovbik o‘tgan mavsum "bo‘rilar" libosida A Seriyada 32 o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urgan.

Bugungi yangiliklar