Londonning «Tottenhem» klubi «Milan» vingeri Kristian Pulishichni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, «taqachilar» 27 yoshli amerikalik futbolchi bo‘yicha milanliklarga taklif yuborgan. Hozirda jamoa Kodi Gakpo transferi amalga oshmaganidan keyin yangi variantlarni izlamoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Pulishich bu mavsum A Seriyadagi ikki uchrashuvning birortasida ham maydonga tushmadi. O‘tgan mavsumda esa u barcha musobaqalarda 34 ta o‘yinda ishtirok etib, 10 ta gol urgan va 4 ta assist amalga oshirgandi.
Pulishichning «Milan» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Avvalroq «Manchester Yunayted» va «Aston Villa» Pulishichga ko‘z tikgani ma’lum qilingandi.