Bugun
20
O'zbek

«MYu» va «Aston Villa» «Milan» yarimhimoyachisi Pulishichga ko‘z tikdi

Futbol
18 noyabr, 07:31
Pulishich top-klublar qiziqishi fonida «Milan» bilan yangi shartnoma muzokaralarini to‘xtatdi.
«MYu» va «Aston Villa» «Milan» yarimhimoyachisi Pulishichga ko‘z tikdi
Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted» va «Aston Villa» «Milan»ning hujumkor yarimhimoyachisi Kristian Pulishichga faol qiziqmoqda. CaughtOffside nashrining Calciomercato manbasiga tayangan holda xabar berishicha, ushbu qiziqish fonida futbolchi «Milan» bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni vaqtincha to‘xtatgan.

Avval «Chelsi»da o‘ynagan amerikalik futbolchi hozircha yangi uzoq muddatli bitimga shoshilmayapti. Manbalarga ko‘ra, Pulisich jamoa UEFA Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritmaguncha, yangi shartnoma shartlarini muhokama qilishni istamayapti.

27 yoshli yarimhimoyachi 2023-yilda «Chelsi»dan «Milan»ga o‘tgan. Uning amaldagi shartnomasi 2027-yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, yana bir yilga uzaytirish bandini o‘z ichiga oladi.

O‘tgan mavsumda Pulisich 50 o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urgan va 12 ta golli uzatma bergan.

Bugungi yangiliklar