Bugun
20
O'zbek

«Malaga» bosh murabbiyi: «Raqib oldida shunchaki nafas olish ham hakam hushtak chalishi uchun yetarli»

Futbol
31 avgust, 02:55
Xuan Funes «Real»ga qarshi o‘yin hakami haqida keskin fikrlar bildirdi.
«Malaga» bosh murabbiyi: «Raqib oldida shunchaki nafas olish ham hakam hushtak chalishi uchun yetarli»
Foto: Getty Images
30.08.2026 FT Ispaniya La Ligasi Real Madrid Real Madrid 4 : 0 Malaga Malaga

«Malaga» bosh murabbiyi Xuan Funes La Liga 3-tur doirasidagi «Real»ga qarshi o‘yin (0:4) hakami haqida keskin fikrlar bildirdi.

«Real» futbolchisi oldida shunchaki nafas olish ham hakam hushtak chalishi uchun yetarli, degan taassurot uyg‘otmoqda.

Biznikilar esa hakam folni ko‘rishi uchun tom ma’noda qonga belanishi kerak», — dedi Funes matbuot anjumanida.

Ma’lumot o‘rnida, «Malaga» Ispaniya chempionati turnir jadvalida bir ochko va 1:7 to‘plar nisbati bilan so‘nggi, 20-o‘rinda bormoqda. Keyingi turda jamoa o‘z maydonida «Levante»ni qabul qiladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Malaga Malaga
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar