Bugun
20
O'zbek

Mourinio: «Futbol — faqat chiroyli gollardan zavq olish emas»

Futbol
30 avgust, 22:30
«Real» bosh murabbiyi «Malaga»ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Mourinio: «Futbol — faqat chiroyli gollardan zavq olish emas»
Foto: Getty Images
30.08.2026 FT Ispaniya La Ligasi Real Madrid Real Madrid 4 : 0 Malaga Malaga

«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinio «Malaga»ga qarshi o‘yin (4:0)dan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

«Ikkinchi bo‘lim ko‘proq o‘yinni nazorat qilish, pastroq tempda harakat qilishdan iborat bo‘ldi. «Malaga» to‘pni xotirjam nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi, ammo har safar biz tempni oshirganimizda, yana bir yoki ikki gol urish mumkin degan taassurot bor edi.

Asosiy maqsad gol o‘tkazib yubormaslik va yaxshi ishlash edi. Har doim ham agressiv hujum qilishning iloji bo‘lmaydi, ba’zida raqib oldinga chiqadi va bunday vaziyatlarda yaxshi himoyalanishimiz kerak.

Biz muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdik. Muhimi, muxlislar zavq oldi. Lekin agar ular yuqori darajadagi futbol nima ekanini tushunishsa, ikkinchi bo‘limdan ham zavq olishlari kerak edi. Biz himoyada ishlaydigan jamoani ko‘rdik. Vinisius to‘pni yo‘qotganidan keyin himoyaga qaytdi.

Futbol — faqat chiroyli gollardan zavq olish emas. Uyga «biz bir jamoamiz» degan fikr bilan qaytish ham muhim.

Bir mavsumda 121 ta gol urish uchun hujumda yuqori saviyali futbolchilar bo‘lishi kerak. Hozir uchta o‘yinda 10 ta gol urdik, ammo ba’zida 1:0 hisobida ham g‘alaba qozonamiz va bundan ham xursand bo‘lamiz», — dedi «Real» bosh murabbiyi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Malaga Malaga
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar