Bugun
47
O'zbek

La Liga. «Real» Madridda «Malaga»ni tor-mor etdi (videosharh)

Futbol
30 avgust, 12:55
Mourinio jamoasi turnir jadvalida peshqadamga aylandi.
La Liga. «Real» Madridda «Malaga»ni tor-mor etdi (videosharh)
Фото: Getty Images
30.08.2026 FT Ispaniya La Ligasi Real Madrid Real Madrid 4 : 0 Malaga Malaga

Ispaniya chempionatining 3-turida «Real» o‘z maydonida «Malaga»ni qabul qilib, 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Madridliklar birinchi bo‘limning o‘zidayoq o‘yin taqdirini hal qildi. Bellinghem, Mbappe va Gyuler gollarga mualliflik qildi. Yana bir gol mehmonlar kiperi Errero hisobiga yozildi.

Shunday qilib, «Real» ochkolari sonini 9 taga yetkazib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Malaga» esa 1 ochko bilan 18-pog‘onada.

La Liga. 3-tur
Real – Malaga 4:0
Gollar:
Bellinghem 19, Errero 26 avtogol, Mbappe 30, Gyuler 90+1
Real: Kurtua, Trent, Ryudiger, Heysen, Kukurelya, Kamavinga, Valverde (Bernardu Silva, 77), Bellinghem (Gyuler, 87), Dias (Diomande, 65), Vinisius, Mbappe.
Malaga: Errero, Puga (Salinas, 61), Resio, Galilea, Rafita, Rafa Rodriges (Martines, 46), Merino, Larrubiya, Dotor, Xoakin (Kruz, 61), Chupe.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Malaga Malaga
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar