Live
1
O'zbek

«Barselona» Rafinyaning milliy jamoadagi o‘yin vaqtini cheklash bo‘yicha kelishuvga erishdi

Futbol
11 noyabr, 04:45
    8
Braziliyalik vinger avvalgi FIFA kunlarida jarohat olgandi.
«Barselona» Rafinyaning milliy jamoadagi o‘yin vaqtini cheklash bo‘yicha kelishuvga erishdi
Foto: Getty Images

«Barselona» Braziliya milliy jamoasidan Rafinyaning o‘yin yuklamasini cheklashni so‘radi.

Globo Esporte nashrining xabar berishicha, Kataloniya klubi va Braziliya futbol konfederatsiyasi (CBF) milliy jamoaning yaqinlashib kelayotgan o‘yinlarida vingerning maydonda bo‘lish vaqtini nazorat qilish ustida hamkorlikda ishlamoqda. Bu orqali futbolchining yana jarohat olishining oldini olish maqsad qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Rafinya sentabr oyida Braziliya milliy jamoasi ixtiyorida bo‘lgan vaqtida jarohat olgan va taxminan uch hafta davomida maydonga tusha olmagandi.

Noyabr oyida «pentakampeonlar» Yaponiya (14 noyabr) va Singapurga (17 noyabr) qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etadi. Har ikki bahs ham Singapurda bo‘lib o‘tadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Braziliya Braziliya
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

8 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar