Live
1
O'zbek

Hamzat Chimayev: «UFC jang berishini 3 oydan beri kutyapman»

MMA
11 noyabr, 03:25
Sobiq chempion ehtimoliy raqiblarini ham aytdi.
Hamzat Chimayev: «UFC jang berishini 3 oydan beri kutyapman»
Foto: Getty Images

UFC sobiq chempioni Hamzat Chimayev promoushen unga haligacha yangi jang belgilamayotganini ma’lum qildi.

«Men shunchaki istalgan raqib bilan jang qilishni kutib oʻtiribman va tez orada oktagonga qaytishga umid qilyapman.

Tayyorman. Qariyb uch oydan beri kutyapman. Striklendga qarshi jangimdan keyingi kunning oʻzidayoq ulardan menga jang berishlarini soʻraganman. Ammo hanuz kutyapman, kutyapman va yana kutyapman.

Nasurdin Imavov va Shon jang qilishini eshitdim. Bu jangda kim gʻalaba qozonsa, ehtimol, oʻsha bilan toʻqnash kelarman. UFC nimani kutayotganini bilmayman. Ularning qanday rejalari borligidan ham xabarim yoʻq»,
— deya Chimayevning soʻzlarini keltiradi The National.

Bugungi yangiliklar