Live
1
O'zbek

«Real» xodimlarining umumiy xarajatlari 707 million yevroga yetdi

Futbol
11 noyabr, 04:00
Madrid klubi ish haqi va transfer amortizatsiyasi uchun rekord darajada mablag‘ sarflamoqda.
«Real» xodimlarining umumiy xarajatlari 707 million yevroga yetdi
Foto: Getty Images

«Real» moliyaviy xarajatlar hajmi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi. Florentino Peres rahbarligidagi klub xodimlar uchun sarflanadigan mablag‘lar va futbolchilar transferi bilan bog‘liq xarajatlarni sezilarli darajada oshirgan.

Derbyderbyderby.it nashrining 2Playbook.com ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, klubning barcha xodimlari uchun ish haqi xarajatlari hamda yangi transferlar bo‘yicha amortizatsiya to‘lovlari jami 707 million yevroga yetgan.

Transferlar, shartnomalarni uzaytirish va futbolchilarning ro‘yxatdan o‘tkazish huquqlari amortizatsiyasi «Real» xarajatlarining oshishiga sabab bo‘lgan. Shu bilan birga, klubning yuqori daromadlari va barqaror tijoriy faoliyati bunday moliyaviy majburiyatlarni qoplash imkonini bermoqda.

Ma’lumot uchun, transfer amortizatsiyasi — futbolchini sotib olish uchun sarflangan mablag‘ning uning shartnoma muddati davomida moliyaviy hisobotlarda bosqichma-bosqich aks ettirilishidir.

Eslatib o‘tamiz, «Real» Florentino Peres rahbarligida moliyaviy barqarorlikni saqlash va tijoriy daromadlarini oshirishga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar