Braziliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti va Madridning «Real» klubi ustozi Joze Mourinio Vinisius Junior bilan ishlash bo‘yicha hamkorlikda reja tuzmoqchi. The Touchline xabariga ko‘ra, ikki mutaxassis ushbu masalada yaqin aloqada bo‘lib turibdi.
Manbaga ko‘ra, murabbiylar braziliyalik hujumchining eng yaxshi sport formasiga qaytishi va o‘ziga bo‘lgan ishonchini tiklashini maqsad qilgan. Ularning fikricha, Vinisius eng yaxshi holatida dunyoning kuchli uch futbolchisidan biri hisoblanadi.
26 yoshli futbolchi Ispaniya chempionatining ushbu mavsumida sakkizta bahsda maydonga tushib, bitta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ma’lumot uchun, Vinisius «Real» safida vinger pozitsiyasida to‘p tepmoqda.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi