«Strasburg» himoyachisi Gela Due faoliyatini Germaniya Bundesligasida davom ettiradi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.
23 yoshli futbolchini Leverkuzenning «Bayer» klubi o‘z safiga qo‘shib oladi. Jamoa fransuzlar bilan muzokaralar o‘tkazib, himoyachining transferi bo‘yicha kelishuvga erishgan. Bitimning umumiy qiymati bonuslar bilan birga 37,5 million yevroni tashkil qiladi.
Qayd etish lozim, Gela «PSJ» futbolchisi Dezire Duening akasi hisoblanadi. U 2024 yildan buyon «Strasburg»da to‘p tepmoqda.
Himoyachi o‘tgan mavsum 34 ta uchrashuvda ishtirok etib, 2 ta gol urdi va 7 ta assist amalga oshirdi. Avvalroq Fakundo Medina «Bayer»ga ko‘chib o‘tgani ma’lum qilingandi.