Bugun
20
O'zbek

«Atletiko» bugun Jonatan Devid transferini hal qilishi mumkin

Futbol
31 avgust, 03:25
«Matraschilar» hujumchini ijaraga olishga tayyor.
«Atletiko» bugun Jonatan Devid transferini hal qilishi mumkin
Foto: Getty Images

«Atletiko» tez orada kanadalik hujumchi Jonatan Devidni «Yuventus»dan transfer qilishi mumkin. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.

«Matraschilar» hujumchini ijaraga olishga tayyor, ammo uning maoshini to‘liq o‘z zimmasiga olishni istamayapti. «Zebralar» bilan muzokaralar esa davom etmoqda. Agar barchasi rejadagidek ketsa, kelishuv bugun, 31 avgust kuni rasman yakunlanadi.

Ma’lumot o‘rnida, Jonatan o‘tgan mavsum A Seriyada 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 4 ta assist qayd etdi. Avvalroq Devid faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkinligi ma’lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Atletico Madrid Atletico Madrid
  • Yuventus Yuventus
Bugungi yangiliklar